Burgut 24 kameralaringizga 24 soat qarab turadi. Nechta mijoz kirdi, qaysi soat gavjum, yopiq paytda kim kirdi: hammasi telefoningizda, Telegram'da.
Videoni soatlab qayta ko'rish shart emas. Kerakli raqam va muhim hodisa o'zi keladi.
Har soatda nechta odam kirdi va chiqdi, hozir ichkarida nechta. Kechagi shu vaqt va o'tgan hafta bilan solishtiradi.
Ish boshlanishidan oldin kirgan va yopilgach chiqqan odam xodim hisoblanadi. Mijozlar soni toza qoladi.
Do'kon yopiq vaqtda kimdir kirsa yoki taqiqlangan joyga o'tsa, kadr rasmi bilan Telegram'ga xabar keladi.
Har kuni kechqurun va har dushanba ertalab qisqa hisobot: mijozlar, eng gavjum soat, ogohlantirishlar.
Hodisa bir necha soniyada sahifada paydo bo'ladi. Yonidagi kadrni bosib, o'sha paytni ko'rasiz.
Sotuvchi yoki kassir joyidami, kun davomida joy necha marta va qancha vaqt bo'sh qoldi. Uzoq bo'sh qolsa — xabar.
Bitta qo'riqchi o'nlab kamerani bir vaqtda kuzata olmaydi. Burgut 24 har kamerani 24 soat ko'radi va faqat muhim paytda xabar beradi — rasm bilan.
Kamerada hudud chizasiz (ombor, server xona, stanok atrofi). Kimdir kirsa — rasmi bilan Telegram'ga. Xohlasangiz faqat ish vaqtidan tashqari.
Kassa oldida belgilangan sondan ko'p odam to'plansa, xabar keladi: yana bir kassa ochish vaqti.
Kimdir sumka yoki quti qoldirib ketsa va uning yonida hech kim bo'lmasa — belgilaydi. Joyning o'z narsalari hisobga olinmaydi.
Xodim qo'lida telefon bilan uzoq tursa — kunlik hisobotda ko'rinadi. Bir lahzalik ko'rinish emas, bir necha marta takrorlansa.
Har xabar bir kadrdan emas, bir necha soniyalik kuzatuvdan chiqadi. Soxta xabar kam bo'ladi, har xabar ostida «to'g'ri / xato» tugmasi.
Mavjud oddiy kameralaringizga AI quti ulanadi. Video sizning joyingizda tahlil qilinadi.
Mavjud Hikvision kamerangiz bo'lsa, qo'shimcha qurilma shart emas: kamera o'zi sanaydi.
Kamerani eshik va kerakli joylarga qo'yamiz yoki mavjud kamerangizni sozlaymiz.
Kirish chizig'i va zonalar belgilanadi. Kameraga tashqaridan kirish ochilmaydi, u hisobni o'zi yuboradi.
Shaxsiy kabinet va Telegram bot beriladi. O'zbek, rus va ingliz tillarida.
Har ogohlantirish ostida ikkita tugma bor: to'g'ri yoki xato. Bosganingiz sari tizim qanchalik aniq ishlayotgani ko'rinib boradi.
Eshigidan har kuni odam kirib-chiqadigan har qanday joy.
Narx kamera soniga va kerakli funksiyalarga qarab hisoblanadi. Avval bitta kamerada bepul namoyish qilamiz, keyin aniq hisobni yozma beramiz.
Ikki xil ulanish bor: Burgut 24 o'z serveringiz yoki kompyuteringizda ishlaydi (ma'lumot faqat sizda) yoki bizning serverda onlayn. To'lov shakli namoyishdan keyin kelishiladi.
Kamera o'zi sanaydigan Hikvision modellarida qo'shimcha qurilma shart emas. Oddiy kameralarga AI quti qo'shiladi: bir nechta kamera uchun oddiy ofis kompyuteri (Intel Core i3 darajasi) yetadi, ko'p kamerali joyga kuchliroq quti tanlaymiz.
GOLDVISION ofisiga keling (Toshkent, Lutfiy ko'chasi, 94). Usta obyektni ko'radi, bitta kamerani ulaydi va raqamlarni bir hafta sinab ko'rasiz.
Ha: taqiqlangan va xavfli hududlar, ish joyida bor-yo'qlik, ish vaqti, kirish-chiqish nazorati. Kaska va maxsus kiyim tekshiruvi keyingi bosqichda qo'shiladi.
Bitta kameradan boshlaymiz, hech narsani almashtirmasdan. Raqamlar sizga yoqsa, qolgan kameralarni ulaymiz.